🇹🇯 Manuchehr Safarov – “Lokomotiv” futbolchisi!

☀️ Yozgi transferlar oynasi vaqtida “Lokomotiv” o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Ayni damda 🇹🇯 Tojikistonning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri, yosh va tezkor, shuningdek, eng umidli futbolchilaridan sanalayotgan Manuchehr Safarov “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi.

2021-yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasida Manuchehr Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan turnirni “portlatib” yubordi. Uning “Al Hilol”ga urgan gollari, ayniqsa, birinchi goli haligacha muxlislar hayolidan ketgani yo‘q. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Manuchehr OFK tomonidan yilning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi deb topilgan.

🚂 “Lokomotiv”ga xush kelibsan, Manuchehr!