Mo‘min Meliyev – “Lokomotiv” futbolchisi!

⚽️ Ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Lokomotiv” o‘z safiga yana bir hujumchini qo‘shib oldi.

✅ Ushbu mavsumning birinchi yarmini “Qo‘qon-1912″da o‘tkazgan Mo‘min Meliyev “temiryo‘lchilar” bilan kelishuvga erishdi.

▶️ Ma’lumot uchun, Mo‘min Meliyev 1997 yilning 5-aprel sanasida Jizzaxda tavallud topgan.

⚽️ 25 yoshli hujumchi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Mash’al” va “Qo‘qon-1912” klublarida to‘p tepgan.

🚂 “Lokomotiv” PFK Mo‘min Meliyevga jamoamizga xush kelibsan deydi va mazmunli faoliyat tilab qoladi.