🚂 “Lokomotiv”da debyut qilgan to‘rt futbolchi

“Lokomotiv” yoshlarga va o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonch bildirishda davom etadi. 👇

👉 O‘tgan yil klubimizning ikki tarbiyalanuvchisi – Nurmuhammad Toshpo‘latov bilan Javohir Abdualimov Superligada debyut qilgandi. Bu yil esa hozircha to‘rt nafar yosh futbolchimiz asosiy jamoada ilk bor maydonga tushdi.

Quyida ushbu futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

⚽️ Ali Abdurahmonov – hujumchi, 2003 yil tug‘ilgan.
Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – AGMK bahsi Ali Abdurahmonov uchun Superligadagi ilk o‘yin bo‘ldi. O‘shanda Ali asosiy tarkibda maydonga tushib, 78 daqiqa harakat qildi.

⚽️ Sherzod Komilov – yarim himoyachi, 2002 yil tug‘ilgan.
Sherzod Komilov jamoamizning yana bir futbolchisi Dilshod Komilovning ukasi. Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Lokomotiv” uchrashuvi Sherzod uchun Superligadagi debyut bellashuv bo‘ldi. U 81-daqiqada Sanjar Qodirqulov o‘rniga maydonga tushdi.

⚽️ Anvar Alijonov – yarim himoyachi, 2002 yil tug‘ilgan.
Superliga 12-tur “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” bahsida yana bir tarbiyalanuvchimiz Anvar Alijonov ilk bor asosiy jamoada o‘z debyutini amalga oshirdi. Alijonov o‘yinning 72-daqiqasida Islom Rashidxonov o‘rniga maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi.

⚽️ Abdulloh Yo‘ldoshev – himoyachi, 2003 yil tug‘ilgan.
Abdulloh Yo‘ldoshev hozircha Superligada maydonga tushmagan bo‘lsa-da, “Xorazm” bilan kechgan Kubok o‘yinida asosiy jamoa libosida ilk bor harakat qildi. Jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan bahsda Abdulloh 88-daqiqada Nurmuhammad Toshpo‘latov o‘rniga maydonga tushgandi.