⚽️ “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” uchrashuviga bir kun qoldi. O‘yinni Asker Najafaliyev boshqaradi

👉 Ertaga, 17-iyun kuni Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Lokomotiv” stadionida kechadigan bahs soat 20:00da start oladi.

▶️ O‘yinni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Shuningdek, VAR tizimidan ham foydalaniladi.

⚽️ Coca-Cola Superliga. 12-tur
🗒 17 iyun, juma
🚂 LOKOMOTIV – SO‘GʻDIYONA
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Aleksandr Sidorov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR: Edita Mirabidova
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullayev