Coca-Cola Superliga. “Lokomotiv” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga mag‘lub bo‘ldi

Coca-Cola Superliganing 12-turiga start berildi. Bugunga belgilangan “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida jizzaxliklar Shohruz Norxonovning yagona goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida mezbonlar vakili Kaxi Maxaradze to‘chsiz harakatlanayotgan Shohruz Norxonovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Vaziyat VARda ko‘rib chiqilgach, bosh hakam Kaxiga qizil kartochka ko‘rsatdi – Maxaradze jamoadoshlarini noqulay xolga solib qo‘yganligi o‘yin yakunida hisobda o‘z aksini ko‘rsatdi.

 

Coca-Cola Superliga. 12-tur

17 iyun, juma

 

LOKOMOTIV — SO‘G‘DIYoNA – 0:1 (0:1).

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 470 tomoshabin.

Hakamlar: Asqar Najafaliyev, Aleksandr Sidorov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev

VAR assistent: Edita Mirobidova

Komissar: Sardor Qudratullayev

Gol: Shohruz Norxonov, 18 (0:1).

“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Alisher Salimov (Jaloliddin Jumaboyev, 46), Diyorjon Turopov, Kaxi Maxaradze, Xurshid Muxtorov, Sanjar Qodirqulov, Etame Jerome (Ma’ruf Jumayev, 81), G‘ulom-Haydar G‘ulomov (Sherzod Komilov, 72), Islom Rashidxonov (Anvarjon Alijonov, 72), Samuel Opex (Nurmuhammad Toshpo‘latov, 46)

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shayqulov, Shahboz Jo‘rabekov (Elyor Orifov, 77), Shohruz Norxonov (Boburbek Farhodov, 77),  Jasur Hasanov (Marat Bikmayev, 77), Xislat Halilov (Ayubxon No‘’monov, 59), Artyom Filiposyan, Javohir Qahramonov (Doniyor Abdumannopov, 54), Luka Chermel, Yure Obshivach, Marko Kolakovich

Ogohlantirishlar: Samuel Opex, 28, Sanjar Qodirqulov, 45, Diyorjon Turopov 57, Denis Korostichenko, 90+5 – Yure Obshivach, 86

Chetlatish: Kaxi Maxaradze,  52 – yo‘q.