Anvarjon Alijonov Superligada debyutini o’tkazdi

Kecha jamoamiz Coca Cola Superliga 12-turi doirasida “So’g’diyona”ga qarshi bahs olib bordi.

Yosh hujumchimiz Anvarjon Alijonov bahsning 72-daqiqasida (https://t.me/LokomotivUzb/39475) G’ulom-Haydar Gulyamov o’rniga maydonga tushirildi. Shu orqali 19 yoshli futbolchimiz Coca Cola Superligada debyutini amalga oshirdi.

Anvarjon Alijonov Superligadagi kichik tanaffus vaqtida sinov-nazorat bahsida “Navbahor” darvozasiga gol ham kiritgandi.

Eslatib o’tamiz, bunga qadar Sherzodjon Komilov (https://t.me/LokomotivUzb/38779), Ali Abdurahmonov (https://t.me/LokomotivUzb/37882) va Abdulloh Yo’ldoshev (https://t.me/LokomotivUzb/38437)ning asosiy jamoada debyutini amalga oshirganini ham ma’lum qilgandik.