💥 Muxlislar uchun xushxabar! 🇮🇹 Italiyalik jahon chempioni “Lokomotiv”ga tashrif buyuradi

🚂 “Lokomotiv” Superliga 9-tur uchrashuvini 16-may kuni o‘z maydonida “Olimpik”ka qarshi o‘tkazadi. Futbol o‘yini soat 19:00da start oladi.👇

👉 Shu kuni stadionimizga mashhur italiyalik futbolchi, 2006-yil Jahon chempioni Kristian Zakkardo tashrif buyuradi. O‘z paytining mohir himoyachisi stadionimizga tashrif buyurib, jamoamiz futbolchilari va muxlislar bilan uchrashishni, shuningdek futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari bilan master-klass o‘tkazishni maqsad qilgan.

✅ Xabaringiz bor, “Lokomotiv” PFK homiysi BMB Trade Group kompaniyasi o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlab o‘ziga xos to‘yona tayyorladi va bir guruh Italiya A seriyasi yulduzlarini yurtimizga taklif etgan. Toshkentga kelayotgan yaqin o‘tmishning mashhur nomlari orasida Kristian Zakkardo ham bor.

👉 Kristian Zakkardoning “Lokomotiv” stadioniga 16-may kuni soat 17:30da tashrif buyurishi kutilmoqda. Uning vaqti chegalangani bois uzog‘i bir soat stadionimizda bo‘ladi.

📸 Zakkardo bilan esdalik suratga tushish hamda undan dastxat olish niyatida bo‘lgan muxlislarni vaqtliroq kelishlarini so‘rab qolamiz.