⚽️ Bugun futbol. “Olimpik” – “Lokomotiv”

👉 Bugun bo‘lib o‘tadigan ikkita o‘yin bilan Superliganing 9-tur uchrashuvlariga start beriladi.

🏟 “Lokomotiv” stadionida “Olimpik” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 19:00da boshlanadi. Turnir jadvalida jamoalar yonma-yon o‘rinlarda bormoqda. “Lokomotiv” 9 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Olimpik” 8 ochko to‘plagan holda 10-pog‘onada kelyapti.

🚂 “Lokomotiv” joriy mavsum boshidan beri 8ta o‘yin o‘tkazib, shundan uchtasida g‘alaba qozondi va besh bor mag‘lub bo‘ldi. To‘plar nisbati 8-11. “Temiryo‘lchilar” uyda AGMK va “Surxon”, safarda esa “Neftchi”dan ustun kelishdi.

▶️ Superliga debyutanti “Olimpik” hozircha bitta o‘yinda g‘alabaga erishgan. Timru Kapadze shogirdlari 6-turda “Bunyodkor”ni mag‘lub etgandi. Jamoa hisobida shuningdek, 5 durang va ikki mag‘lubiyat bor. To‘plar nisbati 8-6.

😎 Bugungi bahsning yana bir qiziq tomoni, Timur Kapadze va Denis Korostichenko o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshilik. Muxlislar yaxshi biladi, 2019-yil “Lokomotiv” o‘rinbosarlarida Kapadze – Korostichenko juftligi faoliyat yuritgandi. Taqdir taqozosi bilan har ikki murabbiy O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida ham birga ishladi.

💪 Bugun esa ular raqib. Bugungi o‘yinni taniqli hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. O‘yinda VAR tizimi ishlaydi.

⚽️ Superliga 9-tur. “Lokomotiv” stadioni. 19:00
OLIMPIK – LOKOMOTIV
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Hasan Nabiyev
Nazoratchi: Baxtiyor Tagayev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin
Komissar: Laziz Qo‘chqorov