Nurmuhammad Toshpo‘latov – “Olimpik” – “Lokomotiv” uchrashuvining “Eng yaxshi futbolchisi” ✴️

Telegram kanalimizga Superliga 9-turidan so‘ng so‘rovnoma qo‘ygandik. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, muxlislar tomonidan “Olimpik” – “Lokomotiv” (0:3) bahsining “Eng yaxshi futbolchisi” deb jamoamiz tarbiyalanuvchisi Nurmuhammad Toshpo‘latov topildi.

Nurmuhammad Toshpo‘latov shu kuni maydonda to‘liq harakat qilib, “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. U Jerom Etamening dastlabki goliga ajoyib tarzda pas oshirib berib, professional faoliyatidagi ilk samarali harakatini qayd etdi. Keyingi o‘yinlarda ham yosh futbolchimizga omad tilab qolamiz.

photo_2022-05-19_23-04-40