🚂 “Lokomotiv” PFK 35-maktabga minnatdorchilik bildiradi 👏

⚽️ “Lokomotiv” professional futbol klubi ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik qilishda davom etadi.

👉 Xususan Mirzo Ulug‘bek tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar har ikki tomon uchun ma’qul kelmoqda.

▶️ Muxlislar klubimiz yetakchisi Sa’dulla Muzaffarov sa’y-harakatlari bilan 35-maktabning 50 nafarga yaqin o‘quvchisi “Lokomotiv” fan-klubiga a’zo bo‘ldi. Maktab o‘quvchilari stadionga kelib, jamoamizni har o‘yinda qo‘llab turishibdi, shuningdek muxlislar klubimiz tomonidan amalga oshirilayotgan turli tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

✅ Buning uchun “Lokomotiv” PFK rahbariyati 35-sonli maktab ma’muriyatiga o‘z tashakkurini izhor etadi. Qolaversa, klubimiz bilan hamkorlikni yaqindan yo‘lga qo‘yishda bosh-qosh bo‘layotgan maktab direktori Sharipova Muqaddas Shokirovnaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.