⚽️ Bugun futbol. “Navbahor” – “Lokomotiv”

👉 Bugun bo‘lib o‘tadigan ikkita o‘yin bilan Superliga 11-tur bahslariga start beriladi.

🚂 Bugun “Lokomotiv” “Navbahor” mehmoni bo‘ladi. Namangandagi Markaziy stadionda kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi.

✅ Turnir jadvalida “Navbahor” 17 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 10-6. “Lokomotiv” esa 12 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi. “Temiryo‘lchilar”da to‘plar nisbati 11-13.

▶️ Shu paytgacha 9 bellashuvda maydonga tushgan “Navbahor” shundan beshtasida g‘alaba qozonib, ikki martadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa o‘z maydonida 5ta o‘yin o‘tkazib, “Nasaf” va “Neftchi” bilan durang o‘ynadi, “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

👉 Bugungi bahs “Lokomotiv”ning safardagi 6-uchrashuvi bo‘ladi. Shu paytgacha safarda besh bor maydonga tushgan “temiryo‘lchilar” “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergan holda “Neftchi” bilan “Olimpik”dan ustun kelishdi. “Loko”ning safardagi oxirgi ikkita o‘yini g‘alaba bilan yakun topgan.

27 may, juma. 19:00
NAVBAHOR – LOKOMOTIV
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
Komissar: Jamshid Imamov