⚽️ Bugun futbol. “Neftchi” – “Lokomotiv”

👉 Bugun bo‘lib o‘tadigan ikkita uchrashuv bilan Superliganing 7-turiga start beriladi.

✅ “Olimpik” Toshkentda “Dinamo”ni qabul qilsa, “Lokomotiv” Yaypanda “Neftchi” mehmoni bo‘ladi. Har ikki bahs 18:30da boshlanadi.

🏟 Farg‘onadagi stadionda ta’mirlash ishlari ketayotgani bois “Neftchi” – “Lokomotiv” bellashuvi Yaypanda joylashgan “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.

▶️ Turnir jadvalida “Neftchi” 4 ochko bilan 13-o‘rinda boryapti, “Lokomotiv” esa 6 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinni egallab turibdi. “Neftchi”da to‘plar nisbati 4-10, “Loko”da esa 6-9.

🚂 O‘tgan tur “Lokomotiv” o‘z maydonida “Surxon”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Neftchi” Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘lib, 1:1 o‘ynadi.

👉 “Neftchi” shu paytgacha mavsum boshidan beri faqat “Qo‘qon-1912″dan ustun kelib, qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadi. Jamoa 2-5 turlar orasida qatorasiga 4ta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi: “Paxtakor”, “So‘g‘diyona”, “Qizilqum” va “Bunyodkor”dan.

🚂 “Lokomotiv” hisobida ikkita g‘alaba bor va har ikki g‘alaba uydagi o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan. “Temiryo‘lchilar” hozircha safar bahslarida ijobiy natija qayd eta olishmayapti: uch o‘yin, uch mag‘lubiyat. Bugun “Loko” safardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritsa ajab emas.