Bizda yana bir debyutant! 🚂

Kecha jamoamiz Coca Cola Superligasining 7-turi doirasida “Neftchi”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida yosh futbolchi Sherzod Komilov zahiradan maydonga tushdi.

Bu yosh futbolchimizning Coca Cola Superligasidagi debyut uchrashuviga aylandi. Yosh futbolchimizni ilk uchrashuvi bilan tabriklab, faoliyatidagi o’yinlari soni yanada ko’proq bo’lishini tilab qolamiz.