🚂 “Lokomotiv” UZTELECOM bilan shartnomani uzaytirdi👏

👉 O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan va har jabhada o‘rnak bo‘lishga harakat qilayotgan “Lokomotiv” professional futbol klubi UZTELECOM kompaniyasi bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda.

✅ Jamoamiz muxlislariga shuni ma’lum qilamizki, “Lokomotiv” PFK UZTELECOM bilan homiylik shartnomasini uzaytirdi. Endilikda ushbu kompaniya nomi ham jamoamiz futbolkalarida namoyon bo‘ladi.

👉 Futbolkaning old qismida asosiy titul homiyimiz BMB Trade Group kompaniya yozuvi tushirilsa, futbolkaning orqa qismidagi raqam tepasiga DRIVER’S VILLAGE hamda raqam tagiga UZTELECOM nomlari bosiladi. Hozircha titul homiylik borasida uchta katta kompaniya bilan kelishuvga erishganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

photo_2022-04-17_21-06-21