🚂 “Lokomotiv”da bolajonlar uchun ajoyib tadbir!

🏟 Bugun “Lokomotiv” stadionida bolalar va ommaviy futbolga bag‘ishlab kichik tadbir tashkil qilindi.

Ma’lumki, bunday tadbirlar FIFA va OFK miqyosida ko‘plab davlatlarda o‘tkazib kelinadi. Xususan FIFA Forward, AFC Grassroots kabi tadbir shular jumlasidan. Bugungi tadbir ham yosh bolajonlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil qilindi.

“Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkazilgan o‘ziga xos futbol kuni festivalida 50dan ziyod bolalar ishtirok etishdi. Stadionga tashrif buyurgan ota-onalarga ham ushbu tadbir juda ma’qul keldi.

Eng qizig‘i esa bolalarning “Lokomotiv” asosiy tarkib futbolchilari Samuel Opeh, Jerom Etame, Nikita Shevchenko, Nurmuhammad Toshpo’latov hamda Javohir Abdualimovning ishtiroki tadbirga fayz qo’shdi.