Denis Korostichenko: “Durangga loyiq bahs bo’ldi”

O’zbekiston Kubogi 1-turidan o’rin olgan AGMK – “Lokomotiv” (1:1) uchrashuvidan so’ng “temiryo’lchilar” bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirdi.

– O’yin haqida

– Yaqinda AGMK bilan o’ynagandik, shunday bo’ldiki, Kubokda ham ro’baro’ kelib qoldik. Yaxshi tayyorgarlik olib borgandik.

Qiyin o’yin bo’ldi. Har ikki jamoada etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. Umuman olganda, durangga loyiq bahs bo’ldi.

– “Lokomotiv” bugun 1 ochkoga ega chiqdimi yoki 2 ochko yo’qotdimi?

– O’ylashimcha, 3 ochko yo’qotdik. G’alaba qozonishimiz mumkin edi.

– Igor CHikrizov va Muhammadanas Hasanovning o’yiniga qanday baho berasiz?

– Hamma o’yinchilar yaxshi o’yin ko’rsatishdi. Jumladan, Igor va Muhammadanas ham. Barcha futbolchilarimizga rahmat. Bundan tashqari, muxxlislarga, rahbariyatga minnatdorlik bildiraman.

– Bugun tarkibda rotaciyaga qo’l urdingizmi yoki raqobatdan kelib chiqib shunday tarkibni maydonga tushirdingizmi?

– Xabaringiz bor, oxirgi o’yinda ikki futbolchimiz – Alisher Salimov va G’ulomhaydar G’ulomov jarohat olib, safdan chiqdi. SHifokorlarning xulosasiga ko’ra, ular 2 hafta davomida bizga yordam bera olishmaydi. SHu bois bugun shu tarkibdan foydalandik. Sekin-asta yosh futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etamiz. Kubok o’yinlari ham ayni muddao bo’ldi.