To‘labek Akramov O‘zPFL Ijroqo‘m a’zosi etib saylandi

👉 Bugun “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida O‘zbekiston Professional futbol ligasi Oliy rahbar organi – Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.👇

👉 Mazkur yig‘ilishda sakkiz nafardan iborat futbol mutaxassislari O‘zPFLning yangilangan Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi. Ijroqo‘m a’zoligiga saylanganlar orasidan “Lokomotiv” PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Abrarovich Akramov ham o‘rin oldi.

Quyida to‘liq ro‘yxatni keltirib o‘tamiz:

Imomxo‘jayev Diyor Abrorovich — O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori v.b. Ijroiya qo‘mitasi raisi
Ahmedov Odil Alimjanovich — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Tatlimuratova Aziza Boymirza qizi — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Ayollar futboli bo‘limi boshlig‘i, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Ibrohimxonov Oybekxon Musoxon o‘g‘li — O‘zbekiston Professional futbol ligasi yuriskonsulti, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Akramov To‘labek Abrarovich — “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktori o‘rinbosari, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Ahmedov Olimxon Mahmudovich — “Turon” futbol klubi prezidenti, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Mirzayev Bahodir Abdusattorovich — AGMK futbol klubi bosh direktori, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Yusupov Alisher Ismailovich — “Nasaf” futbol klubi bosh direktori, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Karimov Maqsud Allaberganovich — “Xorazm” futbol klubi bosh direktori, Ijroiya qo‘mitasi a’zosi