🇺🇿 Islomjon Qobilov milliy terma jamoaga chaqirildi

🇷🇸 Srechko Katanets O’zbekiston milliy terma jamoasining “Navruz Cup-2022” musobaqasi uchun qaydnomasini aniqlab oldi.

🚂 Ushbu ro’yxatdan “Lokomotiv” futbolchisi Islomjon Qobilov ham o’rin oldi.

📌 Namangan shahri mezbonlik qiladigan “Navruz Cup-2022″da 🇺🇿 O’zbekiston milliy terma jamoamizdan tashqari Tojikiston 🇹🇯, Qirg’iz Respublikasi 🇰🇬 hamda Afrikaning Uganda 🇺🇬 terma jamoasi qatnashadi.

🇺🇿 Terma jamoamiz a’zolari 21-mart kuni Toshkentda yigʻilib, tibbiy koʻrikdan oʻtishadi. 23-mart kuni esa Namangan shahriga yoʻl olishi rejalashtirilgan.