🏆 O‘FA Kubogi-2022. Futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilarida g‘alaba!

👉 Toshkent shahar futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan O‘FA Kubogi-2022 musobaqasining 2-tur bahslari davom etmoqda.

⚽️ Bugun “Lokomotiv” futbol maktabining 2009-yilda tug‘ilgan futbolchilari AGMK-2009 jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

✅ Uchrashuvda Orziqulov Jamshid va Abdulhaqov Tohir tomonidan kiritilgan gollar yosh “temiryo‘lchilar”ga g‘alaba keltirdi.

👏 Ushbu yutuq bilan Sarvar Otaboyev shogirdlarini tabriklab qolamiz.