🚂 “Lokomotiv” qishki yig‘inda: 11ta o‘rtoqlik uchrashuvi, 6 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat

👉 24 fevral kuni “Mash’al” bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi “Lokomotiv” uchun bu yilgi qishki yig‘in hisobidan oxirgi nazorat bahsi bo‘ldi.

❄️ Jamoamiz qishki yig‘inga 10 yanvardan kirishgandi. O‘tgan vaqt davomida “Loko” 11ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, shundan 6tasida g‘alaba qozondi, 4 marta durang qayd etdi va bir bor mag‘lub bo‘ldi.

⚽️ 19 yanvar. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0
Gol: Odiljon Abdurahmonov, avtogol

⚽️ 22 yanvar. “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 2:1
Gollar: Sherzod Fayziyev, Kaxi Maxaradze.

⚽️ 26 yanvar. “Lokomotiv” – “Buxoro” 0:0

⚽️ 29 yanvar. “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” 2:3
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Diyorjon Turopov.

⚽️ 5 fevral. “Lokomotiv” – “Ontustik Akademiyasi” (Qozog‘iston) 3:0
Gollar: Timur Usmonov, Muhammadanas Hasanov 2ta.

⚽️ 5 fevral. “Lokomotiv” – “Nurafshon” 2:1
Gollar: Ali Abdurahmonov, Sherzod Komilov.

⚽️ 9 fevral. “Lokomotiv” – “Yangiyer” 2:0
Gollar: Diyorjon Turopov, Jerom Etame.

⚽️ 12 fevral. “Lokomotiv” – “Surxon” 0:0

⚽️ 16 fevral. “Lokomotiv” – “Turon” 0:0

⚽️ 19 fevral. “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 2:2
Gollar: Kaxi Maxaradze, Islom Qobilov.

⚽️ 24 fevral. “Lokomotiv” – “Mash’al” 2:1
Gollar: Diyorjon Turopov 2ta.

✅ “Lokomotiv” 4 mart kuni safarda “Qizilqum”ga qarshi o‘yin bilan Superliga 1-turni boshlaydi. Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tadigan bahs 18:30da start oladi.

👍 Yangi mavsumda jamoamizga omad tilab qolamiz!💪