🚂 “Lokomotiv” nazorat bahsida “Mash’al”ni mag‘lub etdi

👉 Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “temiryo‘lchilar” bugun Qibray stadionida “Mash’al”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi.

⚽️ Mazkur bahsda jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchdi. Raqib darvozasiga har ikkala golni yarim himoyachimiz Diyor Turopov kiritdi.