Server Jeparov “Lokomotiv”ga qaytdi

O‘zbek futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri, 2016-yilgi mavsumda “Lokomotiv” tarkibida harakat qilgan Server Jeparov klubimiz tizimida ish boshladi.

“Lokomotiv” PFK futbol maktabini rivojlantirish yo‘lida bir qator loyixalarni ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, futbol maktabimizni yuqori darajaga olib chiqishda Server Jeparov ham katta o‘ringa ega bo‘ladi. So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonning U-15 termasini boshqarayotgan mutaxassis endilikda “Lokomotiv” futbol maktabida ham faoliyat yuritadi.

Shu o‘rinda Server Jeparovni “Lokomotiv”ga qaytgani bilan tabriklaymiz va futbol maktabimiz rivoji yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilishini tilab qolamiz.