“Lokomotiv Open-2022”. Chempion – Asilbek Amonov

Bugun “Lokomotiv” qarorgohida jamoa futbolchilari va klub ishchi-xodimlari o’rtasida stol tennisi musobaqasi bo’lib o’tdi.

Unda darvozabon Asilbek Amonov chempionlikni qo’lga kiritdi. U finalda Ma’ruf Jumayevni mag’lub etdi.

Uchinchi o’rin uchun bahsda hujumchimiz Ali Abdurahmonov himoyachi Islomjon Qobilovga qarshi bahs olib bordi va unda yosh forvardimizning qo’li baland keldi.

Asilbek Amonov
Ma’ruf Jumayev
Ali Abdurahmonov
Islomjon Qobilov