Nazorat o’yinida “Yangiyer” mag’lub etildi 🚂

🏟 Bugun Qibraydagi stadionda “Lokomotiv” hamda “Yangiyer” jamoalari o’zaro bahs olib bordi.

⚽️ Unda “temiryo’lchilar”ning 2:0 hisobidagi g’alabasi kuzatildi. Jamoamiz tarkibidan gollarni Diyorjon Turopov hamda Jerom Etame kiritdi.