Jasur Jaloliddinov “Qayrat”ga ijaraga berildi

Yosh yarim himoyachimiz Jasur Jaloliddinov yangi mavsumni Qozog’istonning “Qayrat” jamoasi tarkibida boshlaydi.

➡️ “Qayrat” mamlakatning 3 karra chempioni hisoblanadi. Ayni damda bu jamoani Qurbon Berdiyev boshqarmoqda. O’tgan mavsum “Qayrat” mamlakat chempionatida bronza medallarni qo’lga kiritdi.

➡️ 2021 yilning ikkinchi davrasida “temiryo’lchilar” tarkibiga kelib qo’shilgan yosh futbolchi “Mash’al”ga qarshi bahsda o’z goli bilan jamoamizga g’alaba keltirgandi.

Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv” bilan 2023-yil oxirigacha shartnomasi mavjud bo‘lib, u “Qayrat” klubida ijara asosida o‘ynaydi.

“Lokomotiv” PFK Jasur Jaloliddinovga Qozog’istondagi faoliyatiga omad tilaydi.

jasur-rahmat