Yoshlar jamoamiz “Toshkent shahri kubogi-2022″ni mag’lubiyat bilan boshladi

“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli sun’iy maydonda Toshkent shahri futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “Toshkent shahri kubogi-2022” musobaqasi start oldi.

Oldinroq xabar berganimizdek, ushbu musobaqada U-21 jamoamiz ham ishtirok etmoqda.

Musobaqa doirasidagi dastlabki o’yinda yoshlarimiz “Bunyodkor-Farm” jamoasiga imkoniyatni boy berdi, 0:1. Jamoamizning navbatdagi bahsi 7-fevral kuni “NeftGazMontaj” jamoasiga qarshi bo’lib o’tadi.