Uchinchi nazorat o’yinida durang

➡️ Bugun TTYMI stadionida “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari o’rtasida sinov-nazorat o’yini bo’lib o’tdi.

30 daqiqadan 3 bo’lim davom etgan o’yinda jamoalar raqib darvozalariga yo’l topa olishmadi, 0:0.

Bu “Lokomotiv”ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi uchinchi nazorat o’yini hisoblanadi. Bunga qadar jamoamiz “Bunyodkor” (1:0) hamda “Qo’qon-1912” (2:1) jamoalarini mag’lub etgandi.