Futzal. Yana 3 soniya qolganida g’alabani boy berdik

Futzal bo’yicha mamlakat chempionati 6-turi yakuniga yetdi.

Tur doirasidagi so’nggi o’yinda futzalchilarimiz “Paxtakor”ga qarshi bahs olib bordi va yana 3 soniya qolganida jamoamiz g’alabani qo’ldan chiqardi.

LOKOMOTIV — PAXTAKOR 2:2
Gollar: Muhammad Zoirov (10 avtogol), Akbar Usmonov (38) — Sevastyan Mojayev (27), Konstantin Sviridov (40)