Futzal. 3 futbolchimiz milliy terma yig’inlarida ishtirok etadi

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi 21-yanvar kuni Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. Yigʻinning ikkinchi qismini vakillarimiz 26-yanvardan 2-fevralgacha Xorvatiyada davom ettiradi.

Unda “Lokomotiv” futzalchilari Ravshan Eliboyev, Mashrab Adilov hamda Akbar Usmonov ham ishtirok etadi.

Xorvatiyadagi yigʻin doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Fransiya va Chernogoriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

28-yanvar
🇺🇿 Oʻzbekiston — Fransiya 🇫🇷

30-yanvar
🇺🇿 Oʻzbekiston — Chernogoriya 🇲🇪

31-yanvar
🇺🇿 Oʻzbekiston — Fransiya 🇫🇷

futzal-zbornik