🚂 “Lokomotiv” o‘z safiga 22 yoshli himoyachini qo‘shib oldi

👉 Tarkibni yoshartirishga harakat qilayotgan “Lokomotiv” yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

⚽️ O‘tgan mavsumni “Surxon”da o‘tkazgan o‘ng qanot himoyachisi Alisher Salimov bu yildan “termiryo‘lchilar” safida harakat qiladi. Ushbu futbolchi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

✅ Alisher Salimov 2019-2020 yillar “Paxtakor” sharafini himoya qilgan, biroq u “Surxon”da o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Xususan himoyachi o‘tgan yil Superliganing barcha 26ta turida maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

🗒 Ma’lumot uchun: Alisher Salimov 1999-yil, 22-iyulda tug‘ilgan.

Katta futboldagi faoliyati:
2019 yil. “Paxtakor” 5 o‘yin
2020 yil. “Paxtakor” 3 o‘yin
2021 yil. “Surxon” 26 o‘yin

▶️ Shu o‘rinda Alisherga “Lokomotiv”ga xush kelibsan deb qolamiz va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilaymiz. 👏