🚂 “Lokomotiv” PFK va Orient Finans Bank bolajonlarni bayram bilan tabrikladi 🎄

👉 Har yil Yangi yil bayram arafasida “Lokomotiv” futbol klubining bemor bolalar holidan xabar olishi an’anaga aylandi.

👉 Bugun ham jamoamiz murabbiylar shtabi va futbolchilar “Lokomotiv” PFK titul homiysi Orient Finans Bank xodimlari bilan birgalikda Respublika onkologiya ilmiy markazida bo‘lib, xastalikdan aziyat chekayotgan bolajonlarni Yangi yil bilan tabriklashdi.

👉 Sovg‘alar ulashish chog‘ida Qorbobo va Qorqizning tashrifi bolajonlarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi. “Lokomotiv” vakillarining bolalar holidan xabar olishi bolajonlar ko‘nglini ko‘tardi, bundan ota-onalar ham nihoyatda xursand bo‘ldi. Qolaversa ilmiy markaz shifokorlari ham jamoamiz a’zolariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

👉 Shu o‘rinda xastalik bilan kurashayotgan barcha bolajonlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz.🙏

photo_2021-12-27_15-15-48 photo_2021-12-27_15-15-45 photo_2021-12-27_15-15-40 photo_2021-12-27_15-15-36 photo_2021-12-27_15-15-33 photo_2021-12-27_15-15-23 photo_2021-12-27_15-15-28