Jaloliddin Jumaboyev 2011-yilgi tarbiyalanuvchilarimiz bilan uchrashdi

Yangi yil bayramiga oz vaqt qolmoqda.

Asosiy jamoamiz himoyachisi Jaloliddin Jumaboyev 2011-yilda tug’ilgan tarbiyalanuvchilarimiz bilan uchrashdi va stadionimiz, klub qarorgohini birga sayr qildi.

Yosh futbolchilar kelajakda o’zlari o’ynaydigan stadion, kiyim almashtirish xonalari hamda asosiy jamoamizning bazasida bo’lishdi.

Undan tashqari, Jaloliddin Jumaboyev yosh tarbiyalanuvchilarimizga yangi yil sovg’asi sifatida futbol to’plarini taqdim qildi.