Futzal. 2021-yil g’alaba bilan yakunlandi ✅

Futzal bo’yicha mamlakat chempionatining 4-tur o’yinlari jamoamiz uchun yakunlandi.👇

✌️ Tur doirasidagi so’nggi o’yinda “Lokomotiv” futzal jamoasi “Nasaf”ga qarshi bahs olib bordi va yirik 11:3 hisobida g’alabaga erishdi.

⚽️ Uchrashuvda to’purarimiz Akbar Usmonov pokerga erishdi. Shu orqali futzal jamoamiz 2021-yildagi so’nggi o’yinida muvaffaqiyat qozondi.

🇺🇿 Oliy liga. 4-tur
LOKOMOTIV — NASAF 11:3
Gollar: Dilmurod Shavkatov (11), Akbar Usmonov (17, 20, 29, 38) Amirjon Saydullayev (24), Ravshan Asqarjonov (26), Jamoliddin Normirzayev (10, 26), Temur Sadirov (30), Sevastyan Mojayev (35) — Jasur Halimov (19), Sanjar Elmamatov (32), Xurshid Rahmonov (40)