❌ Futzal. Mavsumda ilk marta mag’lub bo’ldik

Futzal bo’yicha O’zbekiston chempionatining 4-tur 2-kungi bahslari start oldi.👇

Kunning ilk bahsida “Lokomotiv” futzalchilari AGMKga qarshi bahs olib bordi va mavsumda ilk marta mag’lubiyatga uchradi.

Umuman olganda bugun jamoamiz uchun omadsiz kun bo’ldi. Bir necha marotaba bo’sh qolgan darvozaga to’p kirishni istamagani yetmagandek, penaltidan ham unumli foydalana olmadik.

Ertaga jamoamiz “Nasaf”ga qarshi bahs olib boradi.

LOKOMOTIV — AGMK 1:5
Gollar: Dilmurod Shavkatov (3) — Abdulla Solihov (19), Artur Yunusov (21), Avaz Abduvaliyev (33), Muzaffar Ahadjonov (35), Ravshan Eliboyev (39-avtogol)
Urilmagan penalti: Dilmurod Shavkatov (40, “Lokomotiv”)