U-18 chempionati yakunlari. Kim nechta gol urdi?

👉 Bu yilgi U-18 chempionatida “Lokomotiv” U-18 23 jamoa orasida 8-o‘rinni egalladi. Yosh “temiryo‘lchilar” 23 o‘yinda 38 ochko to‘plashdi. Shuningdek, futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga 35ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

👉 U-18 chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchi Ali Abdurahmonov bo‘ldi. U 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu borada keyingi o‘rinni 4ta gol bilan Doniyor Shoydillayev egalladi. Quyida “Loko” U-18 safida gol urgan barcha futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

1. Ali Abdurahmonov – 9
2. Doniyor Shoydillayev – 4
3. Shohruh Abdumannopov – 3
4. Abdulloh Yo‘ldoshev – 3
5. Bilol Madiyev – 2
6. Shohjahon Xolto‘rayev – 2
7. Muhammadyusuf Hasanov – 2
8. Diyor Akramov – 2
9. Asilbek Umrzoqov – 1
10. Azamat Rasuljonov – 1
11. Ulug‘bek Sunnatov – 1
12. Suhrob Parpiyev – 1
13. Zayniddin Gʻulomov – 1
14. Saidakbar Sharipov – 1
15. Dilshod Kurakboyev – 1
16. Umidjon Murodov – 1