Superliga yakunlari. Kim nechta gol urdi?

🚂 “Lokomotiv” ushbu mavsum Superligada 37ta gol urishning uddasidan chiqdi. Jamoamizda tarkibida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Temurxo‘ja Abduxoliqov bo‘ldi. 👇

👉 Temurxo‘ja raqiblar darvozasiga 14 bor aniq zarba yo‘llab, to‘purarlar poygasida Dragan Cherandan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. “Temiryo‘lchilar” safida bu mavsum yaxshi o‘yin namoyish etgan Azizbek Amonov Superligada 8ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

▶️ Quyida ushbu mavsum Superligada gol urgan “Loko” futbolchilari ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

1. Temurxo‘ja Abduxoliqov – 14 (“Turon” – 3, “Mash’al” – 3, “Bunyodkor” – 2, “Andijon” – 2, “Nasaf” – 2, “Metallurg”, “So‘g‘diyona”).
2. Azizbek Amonov – 8 (“Nasaf” – 3, “Paxtakor”, “Turon”, “Surxon”, “Metallurg”, “Andijon”).
3. Diyor Turopov – 4 (“Qizilqum”, “Surxon”, “Metallurg”, “Qo‘qon-1912”).
4. Sanjar Qodirqulov – 2 (AGMK, “Surxon”).
5. Gʻulom-Haydar Gulyamov – 2 (“Navbahor”, “Bunyodkor”).
6. Javohir Sidiqov – 2 (“Turon”, “Bunyodkor”).
7. Kaxi Maxaradze – 1 (“Mash’al”).
8. Marat Bikmayev – 1 (“Andijon”).
9. Islom Qobilov – 1 (“Mash’al”).
10. Jasur Jaloliddinov – 1 (“Mash’al”).

❗️ P.S. “Lokomotiv” – AGMK (1:1) bahsida raqib darvozasiga kiritilgan to‘p avtogol sifatida raqib futbolchisiga yozilgan.