Derbini debyutant hakam boshqaradi

O’zPFL matbuot xizmati Coca Cola Superligasining 25-turi bahslari hakamlarini ma’lum qildi.

Unga ko’ra, tur doirasidagi “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” bahsini Doston Mirzaraimov boshqarib boradi. Qayd etish kerak, Mirzaraimov uchun ushbu bahs Coca Cola Superligadagi debyut bo’ladi.

LOKOMOTIV – PAXTAKOR
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Burov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Sardor Qudratullayev