“Lokomotiv” muxlislari uchun qulaylik

▶️ Bugun Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Mash’al” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

🏟 Bugungi o‘yinga muxlislar kiritilishini inobatga olib, jamoamiz ishqibozlariga qulaylik taqdim etamiz.

❗️ Bugungi o‘yin uchun 9 va 10-sektorlar, shuningdek CIP uchun chiptalar chiqarilgan, biroq 3,4,5-sektorlarga kirishni bepul qilib belgiladik.

🚂 Jamoamiz ishtirokidagi bahsga tashrif buyuring va “temiryo‘lchilar”ni qo‘llab-quvvatlang.

👉 Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Mash’al” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 19:00da boshlanadi.