🎤 Mikael Sekeyraning “Surxon”ga qarshi o’yindan keyingi fikrlari

– Birinchi bo‘limda juda ham zo‘r o‘yin namoyish qildik, faqatgina gol yetishmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Adolatli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g‘alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g‘alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.

Futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Hali ular o‘sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg‘ulotlarda futbolchilarning o‘yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozisiyalarda o‘ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o‘z samarasini bermoqda.