✅ Manzil o’zgardi: “Bunyodkor” stadioni > “Olmaliq” SM

21-sentyabr kunida jamoamiz safarda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib borishi kerak.👇

👉 Ammo, ayni damda “Bunyodkor” jamoasining uy maydonida ayollar jamoalari Osiyo chempionatiga saralash o’yinlarini o’tkazayotgani sababli “Bunyodkor” – “Lokomotiv” bahsi “Olmaliq” sport majmuasida tashkil qilinadi. Bahs belgilanganidek 19:00da start oladi.

👉 Yoshlar jamoalari o’rtasidagi uchrashuv esa 20-sentyabr kuni “Bunyodkor” akademiyasida tashkillashtiriladi. Ushbu bahs 16:30da boshlanadi.