Dilshod Komilov: Futbol raqobati bilan kuchli, bu futbolchining rivojlanishiga, o‘sishiga olib keladi

🎤 Dilshod Komilov: – “Surxon”ga qarshi o‘yinga optimal tarkib va yuqori kuch bilan o‘yinga tayyorlandik. Ishtiyoq yuqori. Gʻalaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bu bizning har bir o‘yindagi maqsadimizdir.
– Ushbu mavsumdagi eng yodda qolarli o‘yin haqida gapirsangiz.
– Safarda “Andijon”ga qarshi o‘yinni aytishim mumkin. 1:1 bo‘lib turgan paytda Marat Bikmayev maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda gol urib ketdi. Umuman olganda bunday o‘yinlar ko‘p. Jamoamiz chiroyli o‘yin ko‘rsatmoqda. Aynan biror o‘yinni ajratish qiyin bo‘ldi.

– Odatda bosh murabbiy o‘tgan o‘yinda gol o‘tkazmagan himoya chizig‘ini almashtirmaydi. Bu boradagi raqobatga qanday qaraysiz?
– Futbol raqobati bilan kuchli, bu futbolchining rivojlanishiga, o‘sishiga olib keladi. Istalgan jamoadoshim bilan sog‘lom raqobat qilishga tayyorman. Bu jamoaning umumiy holatiga ham yaxshi ta’sir o‘tkazadi deb hisoblayman.