Bugun futbol. “Lokomotiv” – AGMK ⚽️

✅ Bugun “Lokomotiv” o‘z maydonida AGMKga qarshi bahs bilan ikkinchi davrani boshlaydi. 👇

👉 “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 20:00da boshlanadi va “Sport” telekanali orqali jonli efirga uzatiladi. Turnir jadvalida AGMK 26 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinda boryapti. “Lokomotiv” 18 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi. AGMKda to‘plar nisbati 19-14, “Loko”da esa 18-16.

👉 “Lokomotiv” shu paytgacha o‘tkazilgan 13ta o‘yinning 5tasida zafar quchib, 3 bor durang o‘ynagan va 5 bor mag‘lub bo‘lgan. AGMK esa ortda qolgan 13 turda 8 bor g‘alaba qozonib, 2 marta durang qayd etgan va 3ta bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

👉 Bugungi bahs AGMK uchun safardagi 7-uchrashuv bo‘ladi. Olmaliqliklar shu paytgcha safar o‘yinlarida 11 ochko to‘plashgan, to‘plar nisbati 7-5. AGMK safarda “Turon”, “Surxon” va “Andijon” klublarini mag‘lub etgan. “Nasaf” va “So‘g‘diyona” bilan durang qayd etgan bo‘lsa, Muborakda “Mash’al”ga mag‘lub bo‘ldi.

👉 “Loko” esa bugun o‘z maydonidagi 7-o‘yinini o‘tkazadi. “Temiryo‘lchilar” hozircha uydagi o‘yinlarda 7 ochko jamg‘arishgan. “Loko” o‘z uyida “Bunyodkor” va “Nasaf”dan ustun kelib, “Qizilqum” bilan durang o‘ynagan hamda “Navbahor”, “Metallurg” va “Qo‘qon-1912″ga imkoniyatni boy bergan. Uydagi bellashuvlarda to‘plar nisbati 7-8.

✅ Fakt: AGMK safarda “Mash’al”ga mag‘lub bo‘lganidan beri yutqazmay kelyapti. Mirjalol Qosimov shogirdlari oxirgi 4 uchrashuvning uchtasida g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynashdi.

✅ Bilasizmi? Bugungi muhim bahsni “temiryo‘lchilar” yarim himoyachisi Diyor Turopov sariq kartochkalari 4taga yetgani sababli o‘tkazib yuboradi.

🏆 Coca Cola Superliga 14-tur
🚂 LOKOMOTIV – AGMK
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov.
Zaxira hakami: Ilya Ilin
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Sardor Qudratullayev
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistentlari: Andrey Sapenko, Kristina Sereda
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
07.08.2021. “Lokomotiv” stadioni. 20:00