Bugun futbol. “Navbahor” – “Lokomotiv”

Bugun Superliganing 15-turidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 👇

⚽️ “Lokomotiv” safarda “Navbahor” mehmoni bo‘ladi. Turnir jadvalida “Lokomotiv” 19 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 19-17. “Navbahor” esa 17 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinda boryapti. Ko‘rinib turibdiki, bugun musobaqa jadvalida ketma-ket o‘rinlarda borayotgan ikki jamoa to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.

✅ Bugungi bellashuv “Loko” uchun safardagi 8-bahs bo‘ladi. “Temiryo‘lchilar” shu paytgacha safar o‘yinlarida uch bor g‘alaba qozonishgan: “Surxon”, “Mash’al” va “Andijon” ustidan. Shuningdek, ikkitadan durang va mag‘lubiyat qayd etilgan. Safar bahslarida to‘plar nisbati 11-8.

✅ “Navbahor” uchun bugungi uchrashuv o‘z maydonidagi 8-o‘yin bo‘ladi. “Lochinlar” uydagi bellashuvlarda “Surxon” va “Mash’al”ni mag‘lub etib, “Nasaf” va “Turon” bilan 0:0 o‘ynashgan hamda “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Andijon”ga qarshi bahslarda imkoniyat boy berilgan. Uydagi o‘yinlarda to‘plar nisbati 5-5.

👉 Bilasizmi? Har ikki jamoa ham Superligadagi oxirgi uch o‘yinida bittadan g‘alaba qozondi. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Navbahor” safarda “Qo‘qon-1912″dan ustun kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi davradagi bellashuvda “Loko” o‘z maydonida 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygandi. Bugun “temiryo‘lchilar” o‘sha mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘rishadi.

Superliga 15-tur. 15 avgust
NAVBAHOR – LOKOMOTIV
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Qanot hakamlari: Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov.
Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov
VAR hakami: Axrol Risqullayev
VAR assistent: Ziyodullo Abdurahmonov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.