🎤 Mikael Sekeyraning “Navbahor”ga qarshi o’yindan keyingi fikrlari

– Birinchi navbatda, “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. “Lokomotiv” bugun mezbonlardan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinni nazorat qildik. Ammo bugun “Navbahor” darvozabonining eng yaxshi o‘yini bo‘ldi. Lekin juda xursandman, bugun futbolchilarimiz ko‘rsatlarimizni yaxshi bajarishdi. O‘ylashimcha, shu yil davomida futbolchilarimiz haqiqiy jamoaviy o‘yin ko‘rsatishdi. Biz yaratgan vaziyatlar payti to‘p darvoza to‘siniga tegdi, darvozabon qaytardi. To‘g‘ri, o‘yin oxirida bitta xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. O‘yinda g‘alaba qozonish uchun barcha ishni bajardik, lekin omadimiz yurishmadi. Bugungi o‘yin orqali Yevropada qanday to‘p surishlarini ko‘rsatib berdik.