Bugun futbol. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” 🏆⚽️

Bugun Jizzax shahrida O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 👇

👉 “Lokomotiv” bu mavsum Kubok bahslarini yuqori notada boshladi. “Temiryo‘lchilar” guruh o‘yinlarini “Andijon”, “Turon” va “Aral Samali”ga qarshi o‘tkazib, har uchala bahsda g‘alaba qozonishdi. To‘plar nisbati 9-2. Natijada jamoamiz birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

👉 “So‘g‘diyona” esa guruhda “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Rubin”ga qarshi maydonga tushib, bitta g‘alaba va ikki durang qayd etgan holda 5 ochko to‘pladi va o‘z guruhidan uchinchi o‘rin bilan 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruh uchrashuvlarida “So‘g‘diyona”ning to‘plar nisbati 7g‘4.

👉 Bugun Jizzaxdagi Markaziy stadionda qiziq bellashuv kechishi kutilmoqda. Negaki har ikki jamoa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi va Superliga vakillari ekanligini inobatga olib keskin kurash bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas.

✅ “Lokomotiv” o‘z tarixida uch marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Jamoamiz 2014, 2016 va 2017 yillarda “billur sovrin” uchun kurashda g‘olib chiqqan. Bu mavsum ham “temiryo‘lchilar” Kubokni qo‘lga kiritish yo‘lida astoydil harakat qilishadi. Bu borada jamoamizga omad tilab qolamiz.