Bugun “Geofizika” stadionida yoshlar jamoamiz “Chig’atoy”ga qarshi nazorat o’yinini o’tkazdi.👇
👉Garchi uchrashuvda hisob ochilmagan bo’lsa-da, futbolchilarimiz juda ko’p golli vaziyatlar yarata olishdi. Ammo ulardan foydalanish nasib qilmadi.
Dilshod Nuraliyev ushbu bahsda asosan yozgi yig’inlarda qatnashayotgan futbolchilar sinovdan o’tkazib oldi.
Yoshlar jamoamiz bunga qadar 20-iyul kuni Namanganning “Paxtakor-79” jamoasiga qarshi nazorat o’yinini o’tkazib, 3:2 hisobida g’alabaga erishgandi. Navbatdagi o’rtoqlik o’yini esa ertaga, 24-iyul kuni soat 9:00da “Jar” stadionida “Olimpik”ka qarshi o’tkaziladi.