– Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan hisoblanadi. “Lokomotiv” bugungi o‘yini orqali turnir jadvalida egallab turgan o‘rniga munosib emasligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi va bunga erishdi.
Futbolchilarim yaxshi o‘yin namoyish qildi. Golga tortadigan ikki ajoyib vaziyatga ega bo‘ldik. Birinchi bo‘limda Turopovning boshi bilan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Javohir Sidiqovning boshi bilan bergan zarbasi ustunga tegib qaytdi.
O‘z navbatida “So‘g‘diyona” ham golga tortadigan ikki vaziyatga ega bo‘ldi. “Qo‘qon-1912″ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin biz bu yerga shunchaki kelganimiz yo‘q edi. Gʻalaba uchun harakat qildik. Ammo safarda o‘ynaganimiz uchun durang ham yomon natija emas. Natija adolatli bo‘ldi deb hisoblayman.