Asosiy jamoamiz 12 iyulga qadar ta’tilga chiqdi 👍

➡️ Kecha bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng “temiryo‘lchilar” kichik ta’tilga chiqishdi. Jamoamiz futbolchilari 12 iyulda yig‘ilib mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

✅ “Lokomotiv” navbatdagi rasmiy bahsini 30 iyul kuni o‘z maydonida “Nasaf”ga qarshi o‘tkazadi. Quyida jamoamizning avgust oyidagi o‘yinlar taqvimini keltirib o‘tamiz.

⚽️ 07.08.2021. Superliga 14-tur. “Lokomotiv” – AGMK
⚽️ 15.08.2021. Superliga 15-tur. “Navbahor” – “Lokomotiv”
⚽️ 20.08.2021. Kubok 1/8 final. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv”
⚽️ 27.08.2021. Superliga 16-tur. “Lokomotiv” – “Turon”