✅ Farruh Ibrohimov hamda Ibrohim Gʻanixonov jamoamizni tark etdi

O‘tgan yillar davomida “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelgan Farruh Ibrohimov hamda Ibrohim Gʻanixonov jamoamizni tark etdi. 👇

👉 Himoyachi Farruh Ibrohimov endilikda “Metallurg” a’zosi hisoblansa, hujumchi Ibrohim Gʻanixonov “Navbahor” sharafini himoya qiladi.

⚽️ Ibrohimov “Lokomotiv” tarkibida Superliga bahslarida 18 uchrashuvda qatnashib, bir bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Gʻanixonov 21 o‘yinda ishtirok etib, bir marta gol urishga erishgan.

Ushbu futbolchilarning “Lokomotiv” g‘alabalariga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz.🚂💨