Futbolchilarimiz bir haftalik ta’tilga chiqishdi

Kecha bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Lokomotiv” bahsida “temiryo‘lchilar” 2:1 hisobida zafar quchishdi. O‘yinda Temurxo‘ja Abduxoliqov va Marat Bikmayev tomonidan kiritilgan gollar jamoamizga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

Endi shu bilan “Loko” 20 iyun kuni rasmiy bahsda maydonga tushadi. Kechagi g‘alabadan so‘ng murabbiylar shtabi futbolchilarga bir haftalik ta’til berishdi. Jamoamiz a’zolari 25 may kuni yig‘ilib mashg‘ulotlarni davom ettiradi.